2023- yil 1- may holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan 38 547 ta tijorat korxona va tashkilotlarining 23 186 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ulushiga to‘g‘ri keladi. Mazkur jamiyatlar mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatining eng keng tarqalgan shakli hisoblanadi. Sohalar kesimida o‘sish sur’atlarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, eng yuqori ko‘rsatkich sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda – 103,8 foizni tashkil etdi.
Axborot xizmati