23/05/2023

    Samarqand viloyati statistika boshqarmasi  tomonidan Toshkent davlat Agrar universiteti Samarqand filialida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar, Oʻzbekiston Respublikasi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, ahamiyati hamda viloyatning demografik holati bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

 

 

    Tadbirda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari, Toshkent davlat Agrar universiteti Samarqand filiali professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va talabalari ishtirok etishdi.

 

 

    Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan kun tartibidagi masalalar bo‘yicha batafsil tushunchalar berishdi.

    Davra suhbati yakunida bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda o’tkazish hamda talabalar uchun amaliyot darslarini tashkil etishga kelishib olindi.

 

 

    Statistika boshqarmasi mutaxassislari davra suhbati ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdilar.

 

 

    Tadbir yakunida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan Universitet kutubxonasiga turli statistik toʻplamlar va kitoblar sovgʻa qilindi.

 

 

Axborot  xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech