26/05/2023

Xizmatlar sohasining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini oshirish, joylarda xizmatlar sohasidagi mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, xizmat turlarini kengaytirish va sifatini oshirish, tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llabquvvatlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 11-maydagi PQ-5113-son qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirishning maqsadli parametrlari” tasdiqlandi va ularning monitoringini olib borish joriy etildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-aprel oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 8 392,1 mlrd. so‘mga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan (112,2 %) o‘sish sur’ati 109,0 %ni tashkil etdi.

 

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech