Xizmatlar sohasining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini oshirish, joylarda xizmatlar sohasidagi mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, xizmat turlarini kengaytirish va sifatini oshirish, tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil
11-maydagi PQ-5113-son qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirishning maqsadli parametrlari” tasdiqlandi va ularning monitoringini olib borish joriy etildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-may oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 10 835,7 mlrd. so‘mga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan (112,3 %) o‘sish sur’ati 111,0 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati