2023-yilning yanvar-may oylarida import hajmi 823,8 mln. AQSh dollarini va 2022-yilning mos davriga nisbatan 123,0 % ni tashkil etdi. Import tarkibida eng yuqori ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (31,5 %), kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga oʻxshash mahsulotlar (25,3 %), hamda sanoat tovarlari (24,0 %) hisobiga toʻgʻri keldi.
Tovarlar importi dinamikasi tahliliga koʻra, 2023-yilning yanvar-may oylarida import qilingan tovarlar hajmi, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 153,7 mln. AQSh dollariga ko‘paydi va 822,5 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Xizmatlar 1,3 mln. AQSh dollariga yetdi.
Axborot xizmati