Samarqand viloyatining doimiy aholisi soni 2023-yil 1-iyul holatiga ko‘ra 4 159,1 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 40,9 ming kishiga yoki 0,9 % ga ko‘paydi. Jumladan, shahar aholisi soni 1 527,8 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 36,7 %), qishloq aholisi soni 2 631,3 ming kishi (63,3 %)ni, erkaklar soni 2 094,2 ming kishini (50,4 %) hamda ayollar 2 064,9 (49,6 %)ni tashkil etdi.
Axborot xizmati