10/08/2023

    Samarqand viloyati bo‘yicha 2023– yilning yanvar–iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 495,8 mln. dona tuxum (2022– yilning yanvar–iyuniga nisbatan 7,4% ga ko‘p) olingan. Tuxum yetishtirish ko‘rsatkichlari xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, tuxum yetishtirish umumiy hajmidan 52,3 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keldi. Hududlar bo‘yicha olib qaraydigan bo‘lsak eng ko‘p tuxum Samarqand tumanida 188,9 mln dona yoki viloyatda olingan tuxumning 38,1 foizini tashkil etmoqda.

Quyidagi diagrammada hududlar bo‘yicha keltirilgan, mln. dona

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech