18/09/2026

    Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida hokim yordamchilari uchun “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbirini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.
    Seminar davomida tadbirning maqsad va vazifalari, ro‘yxatga olish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, tadbirkorlik subyektlarini to‘liq qamrab olish, shuningdek, ma’lumotlarni aniq, xolis va ishonchli shakllantirish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
    Shuningdek, tadbirkorlarga “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbiri doirasida taqdim etiladigan ma’lumotlar tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish maqsadida shakllantirilishi, ushbu ma’lumotlarni taqdim etishning o‘zi soliq solish uchun asos bo‘lmasligi yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.


    Mahalla hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini jarayonga faol jalb etish, ma’lumotlarni to‘liq va haqqoniy taqdim etish hamda tadbirni sifatli tashkil etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
    “Biznesni ro‘yxatga olish” — hududdagi tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risida aniq va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirishning muhim bosqichidir.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech