Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari ishtirokida “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbirini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar-treningda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi “Statistikani rivojlantirish — 2030” milliy strategiyasini tasdiqlash hamda ro‘yxatga olish ma’lumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–190-son Farmoni mazmun-mohiyati hamda unda belgilangan vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir davomida “Biznesni ro‘yxatga olish”ning asosiy maqsad va vazifalari, tadbirkorlik subyektlarini to‘liq qamrab olish, ro‘yxatga olish jarayonini belgilangan tartibda tashkil etish, shuningdek, ma’lumotlarni aniq, xolis va ishonchli shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seminar davomida tadbirkorlarga “Biznesni ro‘yxatga olish” doirasida taqdim etiladigan ma’lumotlar statistik maqsadlarda shakllantirilishi va ushbu ma’lumotlarni taqdim etishning o‘zi soliq solish uchun asos bo‘lmasligi yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.
“Biznesni ro‘yxatga olish” — tadbirkorlik faoliyatining real holatini o‘rganish, hududlarning iqtisodiy salohiyatini baholash hamda kelgusidagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni samarali rejalashtirish uchun muhim ma’lumotlar bazasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Axborot xizmati



