16/08/2023

    2023-yilning 16-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika Agentligi “Uy joy qurilishi va pudratchi qurilish tashkilotlari faoliyatini statistik kuzatuvlari” bo‘limi boshlig‘i D. Shermatov hamda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi Investitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi boshlig‘i I. Raxmatovlar viloyatning Bulung‘ur, Toyloq, Jomboy tumanlarida 4-TJ tanlanma kuzatuvi o‘tkazilish jarayoni bilan tanishishdi. Shuningdek, D. Shermatov intervyuerlar tomonidan o‘tkazilayotgan kuzatuvda bevosita ishtirok etib xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi. Tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish hamda ma’lumotlarni planshetlarga xatosiz kiritish bo‘yicha intervyuerlarga kerakli topshiriqlar berildi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech