2023-yilning 07-sentabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Abdiyev, boshqarma Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi, intervyuer G. Ochilova tomonidan Jomboy tumani “Toshkent” MFYda ro‘yxatdagi oilalardan biri “Muzbuoq” koʻchasida istiqomat qiluvchi G. Xolmirzayeva xonadonida uy xo‘jaliklari kuzatuvini o‘tkazish jarayonida ishtirok etdi.
Kuzatuv jarayonida olingan ma’lumotlar planshet qurilmasiga kiritish ishlari to‘g‘ri va sifatli bajarilganligi nazoratga olindi.
Kuzatuv davomida intervyuer tomonidan planshet qurilmasiga ma’lumotlarni sifatli va aniq kiritilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Axborot xizmati