Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 15 458,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 8,1 % ga ko‘paydi. Viloyat miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 80,8 % ni tashkil etdi.
Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi, 2022-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 97,5 % ni va 3 671,3 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Bu esa umumiy savdo hajmining 19,2 % ulushiga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati