Sanoat tarmog‘i iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi. 2023-yilning 1-dekabr holatiga ko‘ra sanoat yoʻnalishida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 6 321 tani tashkil etmoqda.
Sanoat korxonalari soni viloyatdagi jami korxona va tashkilotlarning 14,5 foizini tashkil etdi. Shundan – 95,1 foizini ishlab chiqarish sanoati, –3,5 foizini tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash, –0,9 foizini suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish va –0,5 foizini elektr, gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash tashki etgan.
Axborot xizmati