Viloyat bo‘yicha 2024-yilning yanvar-may oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 7 002,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 24,8 % ga o‘sdi.
Kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi ulushi statistik hisoblarga qaraganda 3 347,6 mlrd. so‘mni tashkil qilib,
2023-yilning mos davriga nisbatan 100,1 % ga to‘g‘ri keldi. Viloyatda ushbu sektorning ulgurji savdo hajmidagi ulushi 47,8 % ni tashkil qildi.
Axborot xizmati