16/07/2024

    2024-yilning yanvar-iyun oylarida jami 56,9 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 24,6 ming nafarga yoki 76,4 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

Tojikiston — 43 287 nafar;

Qozogʻiston — 6 615 nafar;

Qirgʻiz Respublikasi — 5 485 nafar;

Rossiya — 925 nafar;

Turkmaniston — 462 nafar;

Turkiya — 23 nafar;

Afgʻoniston — 16 nafar;

Ozarbayjon — 9 nafar;

Ukraina — 8 nafar;

AQSH — 7 nafar;

Boshqa davlatlar — 37 nafar.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech