2024-yil yanvar-iyun oylari yakuni bo‘yicha 32 170,0 ming AQSh dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 8,8 % ini tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarish sur’ati 74,9 % ni tashkil qildi.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor tirikotaj va tikuvchilik kiyimlari (52,2 %), Gilam mahsulotlari (21,5 %) asosiy ulushni egallagan. Yil boshidan 74 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 25 ta davlatiga eksport qilindi.
Axborot xizmati