Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib 21 226,5 mlrd. so‘mni, jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 96,5 % ni, tashkil etdi.
2024-yilning yanvar-iyul oylarida viloyatda jami sanoat ishlab chiqarishidagi yuqori ulush Samarqand shahri (40,5 %), Jomboy tumani (10,2 %), Urgut tumani (8,1 %), hamda Samarqand (6,5 %) tumani hissasiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan yuqori FHI, Kattaqo‘rg‘on shahrida (118,2 %), Kattaqo‘rg‘on tumanida (112,8 %) hamda Oqdaryo tumanida (111,7 %) kuzatildi.
Axborot xizmati