Viloyat bo‘yicha 2024-yilning yanvar-avgust oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi hajmi 1 864,2 mlrd so‘mni, 2023-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 106,3 % ni tashkil etdi. Shu jumladan,12 bozor va 12 bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 730,9 mlrd so‘mni (100,6 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 1 133,3 mlrd so‘mni (110,3 %) tashkil etdi.
Axborot xizmati