2024-yilning 25-oktabr kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda joriy yilning 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi” to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.
Ma’lumki, Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari besh yil muddatga saylanadi. Amaldagi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlarga deputatlar saylovi 2019-yili o‘tkazilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128-moddasiga muvofiq Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlar tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – oktabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi. Demak, Oliy Majlis qo‘yi palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari saylovi 2024-yil 27-oktabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilishda har qanday saylov – bu jiddiy siyosiy kampaniya. Binobarin, saylov xalqning o‘z hokimiyati va xohish-irodasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ro‘yobga chiqarishining oliy ifodasi, davlat hokimiyati organlarini demokratik tarzda tashkil etishning negizi hisoblanuvchi ulkan ijtimoiy-siyosiy tadbir ekanligi aytib o‘tildi.
Shuningdek, boshqarma hamda hududiy statistika bo‘lim xodimlarini saylovga faol qatnashishlari so‘rab qolindi.
Tadbir yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Axborot xizmati