29-oktabr kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasida 2024-yilning III chorak yakunlariga bag‘ishlangan Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.
Tadbirda boshqarma rahbariyati, boshqarmaning hamda hududiy statistika bo‘limlarining boshliqlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i Abdiyev Sharof Azamovich ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatning agentlik hamda boshqarmalar oldiga qo‘ygan vazifalari hamda 2024-yilning uchinchi choragida amalga oshirilgan ishlar tahliliga to‘xtalib o‘tdi.
Kun tartibidagi masalalar doirasida boshqarma bo‘lim boshliqlari tomonidan chorak davomida erishilgan yutuqlar va aniqlangan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan hisobot berildi.
Yig‘ilishda tuman va shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini aks ettiruvchi statistik ko‘rsatkichlar shakllantirilishi muhokama qilindi. Boshqarma boshlig‘i hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini shakllantirish va tahlil qilish jarayonida e’tibor berilishi zarur bo‘lgan jihatlar yuzasidan xodimlarga alohida topshiriqlar berdi. Tuman va shaharlar makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini aks ettiruvchi jadvallarni o‘z vaqtida yangilab borishi muhimligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilib, vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar berildi.
Axborot xizmati