2024-yilning 7-noyabr kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi rahbariyati boshchiligida boshqarmaning majlislar zalida Samarqand viloyati bo‘yicha Xizmatlar sohasi statistikasi ko‘rsatkichlari, ko‘rsatkichlarning shakllanishi, statistik hisobotlarning yig‘ilishi mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda boshqarma rahbariyati, OAV vakillari, hamda boshqarma bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.
Matbuot anjumanini boshqarma boshligʻining o‘rinbosari Sidikov Tolib Iskandarovich ochib, oxirgi yillarda statistika tizimida amalga oshirilgan islohatlar, oʻzgarishlar toʻgʻrisida qisqacha maʼruza qildi.
Shuningdek, T. Sidikov tomonidan yig‘ilish ishtirokchilari, OAV vakilariga Xizmatlar sohasi statistik hisobotlari, sohada o‘tkazilayotgan kuzatuvlar, xizmatlar sohasi bo‘yicha ko‘rsatkichlarning shakllanishi, xizmat turlari, Samarqand viloyatining Tashqi savdo aylanmasi hamda samarqand viloyatining chakana va ulgurji savdo tovar aylanmasi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
Tadbir yakunida OAV vakillari tomonidan berilgan savollarga boshliq o‘rinbosarlari hamda bo‘lim boshliqlari tomonidan batafsil javoblar berildi.
Axborot xizmati