2024-yilning yanvar-oktabr oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 4 497,5 mlrd so‘mni, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 113,2 foizni tashkil etdi.
Moliyaviy xizmatlar tarkibidagi sug‘urta va nafaqa xizmatlaridan tashqari xizmatlarning ulushi 2024-yilning yanvar-oktabr oylarida 93,7 foizni tashkil etdi.
Moliyaviy xizmatlarning umumiy hajmida Samarqand shahrining ulushi 48,6 foizni yoki 2 186,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.
2023-yil yanvar-oktabr oylariga nisbatan Samarqand shahrida yuqori o‘sish sur’ati 117,2 foizni tashkil etdi.
Axborot xizmati