Kun tartibidagi yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari T.Sidikovning “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun davlat organlari va davlat muassasalariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi to‘g‘risida axboroti eshitildi.
Shuningdek, qonunda jismoniy va yuridik shaxslar davlat organlariga murojaat etish huquqiga ega ekani kafolatlangan. Murojaat etish huquqi ixtiyoriy amalga oshiriladi. Hech kim biron-bir murojaatni himoya qilishga yoxud unga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok etishga majbur qilinishi mumkin emasligi hamda murojaatlar og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda, arizalar, takliflar va shikoyatlar tarzida bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida ham ishtirokchilarga tushuntirish berildi.
Davlat organlari murojaatlarni ko‘rib chiqishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga rioya etishi, ularning to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi uchun choralar ko‘rishi zarur. Jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklari tiklanishini hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha davlat organlari xodimlari o‘z vakolatlari doirasida choralar ko‘rishi shart.
Axborot xizmati