2024-yilning 19-dekabr kuni, Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi tomonidan Pastdarg‘om tumanidagi “Chandirobod” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib borildi.
O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, kelgusida mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilinib mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati