2024-yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 29 890,8 mlrd so‘mni, 2023-yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 107,5 % ni tashkil etdi.
Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 3 851,5 mlrd so‘mni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 26 039,3 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 116,9 %), shundan, uyushmagan savdo tovar aylanmasi 2 609,8 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 106,4 %) tashkil etdi.
2024-yilning yanvar-noyabr oylarida 2023-yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan Payariq (111,7 %), Narpay (110,8 %), Urgut (110,7 %), Paxtachi (110,4 %), Bulung‘ur (109,4 %), Ishtixon (109,3 %), Jomboy (109,2 %), Nurobod (109,1 %), hamda Qo‘shrabot (108,8 %) tumanlarida chakana savdo tovar aylanmasining eng yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi.
Axborot xizmati