14/01/2025

    Vatan himoyasi – muqaddas burch. Uni asrab-avaylamoq, har bir qarich yerini koʻzga toʻtiyo aylamoq tomirida milliy gʻurur va Vatan ishqi joʻsh urib turgan har bir yurt farzandining muqaddas vazifasidir.

    Samarqand viloyati Statistika boshqarmasida Vatan himoyachilar kunini keng nishonlash maqsadida tadbir tashkil etildi.

 

 

    Tadbir boshida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining VATAN HIMOYACHILARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI katta ekranda namoyish etildi.

Shundan so‘ng, boshqarmada faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar o‘zlarining qizg‘in tabriklari hamda go‘zal sherlari bilan yig‘ilganlarni tabriklashdi.

    Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti  a’zolari quyidagi qalb soʻzlari bilan yig‘ilganlarni tabriklashdi;

Muhtaram hamkasblar!

    Sizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.

 

 

    Bugun bayram. Vatan himoyachilari kuni. Bu kun qalbida ona-Vatanga muhabbati, sadoqati jo‘sh urib turgan har bir insonning bayrami. O‘zgacha bo‘lishi ham mumkin emas. Zero, shu yurtning haqiqiy jonkuyari, mard va jasur, sadoqati samimiy bo‘lgan har bir Vatan posbonini ushbu bayram bilan muborakbod etamiz.

   Bayram kunlarida barchamiz Vatan, xalq va armiya biri-biriga naqadar yaqin va mushtarak ekanini har qachongidan ham teran his etmoqdamiz.

   Amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida milliy armiyamiz tezkor va ixcham, har qanday tahdidlarga munosib zarba berishga qodir boʻlgan jangovar kuchga aylanib bormoqda.

 

 

    Hurmatli hamkasblar! Butun xalqimiz bilan birgalikda keng nishonlayotgan bugungi shonu sharaf ayyomi — Vatan himoyachilari kuni bilan yana bir bor tabriklar ekanmiz, sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilaymiz!

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech