2024-yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatda yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 6 841 tani tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha eng ko‘p tashkil etilgan korxona va tashkilotlar quyidagicha: Samarqand shahrida (1 804 ta), Samarqand (937 ta) va Pastdarg‘om (528 ta) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Tarmoqlar kesimida esa eng yuqori ko‘rsatkichni savdo – 2 453 ta, sanoat – 1 006 ta, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlari sohasida – 797 ta va qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 674 taga ko‘paygani bilan izohlash mumkin.
Axborot xizmati