16/01/2025

     2025-yilning 16-yanvar kuni Narpay tumani statistika bo‘limi boshlig‘i Tursunova Dilafro‘z Abdullayevna tomonidan tumandagi 61-son Ixtisoslasgan ta’lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun seminar tashkil etildi.

Tadbirni mazkur maktab direktori M Mamatov ochib, aholini ro‘yxatga olishning mazmun mohiyati haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda D. Tursunova tomonidan 2024-yilning 4-mart kuni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son Prezident Qarori qabul qilinganligi, Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025—2026-yillarda amalga oshirilishi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, ma’ruzachi tomonidan Qarorning mazmun-mohiyati, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi.

Seminar qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga D. Tursunova atroflicha javob berdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech