Samarqand viloyatining chakana savdo aylanmasida yirik korxonalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining hududlar kesimida ulushi

    Tahliliy natijalarga ko‘ra chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ulushi bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahri (99,9 %), Narpay (99,5 %), Ishtixon (99,4 %), Jomboy (99,3 %), Oqdaryo (99,1 %) va Payariq (99,1 %) tumanlari yetakchilik qilmoqda. Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning ulushi 11,7 % ni tashkil etib, eng katta ulush Samarqand shahri (17,9 %) va Samarqand (27,4 %), Bulung‘ur (16,2 %), Kattaqo‘rg‘on (5,3 %), Pastdarg‘om (4,1 %) tumanlarida kuzatildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech