Joriy yilning 12-fevral kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Abdiyev, boshqarmaning narx statistikasi bo‘limi boshlig‘i S. O‘rozaliev hamda Samarqand shahar statistika bo‘limi mutaxassisi S. Umarov birgalikda belgilangan reja grafik asosida INI «Iste’mol narxlari indeksi» oylik kuzatuvining xizmatlar guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rganishdi.
Kuzatuv davomida registrator tomonidan planshet qurilmasiga ma’lumotlarni sifatli va aniq kiritilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Axborot xizmati