Milliyligimiz – bebaho boyligimiz!
Ajdodlar merosini asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish – har birimiz uchun sharaf!
Milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari qolaversa, o‘ziga xos xususiyatlari mujassam. O‘z millatimizga mos ravishda kiyinishimiz qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat ifodasidir!
Har haftaning juma kuni “Milliy liboslar kuni” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi hamda hududiy statistika bo‘limlarida milliy liboslar chellenji tashkil etilmoqda.
Hurmatli yurtdoshlar Milliyligimiz va qadriyatlarimizni yoshlarga yetkazish maqsadida ushbu chellenjda siz ham faol ishtirok eting!
Axborot xizmati