19/02/2025

    2025-yilning 19-fevral kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M. Salimov hamda Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi N. Eshkabulov “4-xizmat (jsh)” bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarning faoliyati bilan yaqindan tanishish va tanlanma kuzatuvga mas’ul Oqdaryo tumani statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan kuzatuvlarni sifatli tashkil etilayotganligini oʻrganish maqsadida Oqdaryo tumanida bo‘lib, kuzatuvda ishtirok etdi. 

Kuzatuv davomida aholiga xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi  jismoniy shaxslar tomonidan xizmat ko‘rsatish hajmining bir kunlik va o‘rtacha hajm ko‘rsatkichlarini o‘rganildi.

Xizmatlar sohasidagi muhim statistik ma’lumotlar uchun birlamchi axborot vazifasini o‘tovchi mazkur tanlanma kuzatuvida olingan ma’lumotlar kuzatuvga mas’ul xodim tomonidan  planshet qurilmalariga qayd etib borildi.

Shuningdek, kelgusida kuzatuv jarayonlarni sifatli oʻtkazish uchun mas’ul xodimga tegishli tafsiyalar berildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech