2025-yil 1-fevral holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan (4004 ta).
Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan; Samarqand shahrida – 682 ta, Urgut tumanida – 410 ta va Pastdarg‘om tumanida – 379 ta.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan, savdo sohasida – 1 956 ta, sanoat – 553 ta, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 363 ta va qurilish sohasida – 221 ta.
Axborot xizmati