Viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona va tashkilotlar tahlil qilinganda, yetakchi o‘rinni 152 ta korxona bilan Xitoy davlati egalladi. Bu viloyatdagi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 25,4 foizini tashkil etdi. Viloyat iqtisodiyotiga o‘z kapitalini kiritib hissasini qo‘shaytgan mamlakatlar orasida Turkiya (17,0 %), Rossiya Federatsiyasi (15,7 %), Janubiy Koreya (4,7 %) va Tojikiston (3,3 %) ham alohida o‘rin egallaydi.
Axborot xizmati