Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2025-yilning 1-may holatiga jami 381 890 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat yuritmoqda.
Yil boshidan ularning soni 20 097 taga oshgan.
Shuningdek, bu ko‘rsatkich tarmoqlar kesimida tahlil qilinganda eng yuqori ulushi savdo sohasiga (38,2 %) to‘g‘ri kelmoqda.
Ularning soni quyidagicha:
savdo sohasida — 145 939 ta
sanoat sohasida — 56 440 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida — 32 242 ta
qurilish sohasida — 28 107 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida — 27 784 ta
tashish va saqlash sohasida — 16 188 ta
axborot va aloqa sohasida — 10 016 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida — 9 532 ta
boshqa sohalarda — 55 642 ta
Axborot xizmati