2025-yilning 12-iyun kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J. Ulashev tomonidan viloyatimizning Narpay tumanida jismoniy va yuridik shaxslarning sohaga oid murojaatlarini o‘rganish va hal qilish yuzasidan sayyor qabul uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ma’ruzachi tomonidan Oʻzbekistonda statistika sohasini yangi bosqichga koʻtarish va tubdan isloh qilish, tizimga ilgʻor texnologiyalarni keng joriy qilish orqali rasmiy statistikaning sifati va unga boʻlgan ishonchni yanada oshirish borasida keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi haqida ma’lumot berib o‘tildi.
Shuningdek, J.Ulashev 2025-yil 24-fevral kuni imzolangan “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Prezident Farmoni hamda shu kungi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-75-sonli Prezident Qarori mazmun mohiyati to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
Sayyor qabul davomida yigʻilishda qatnashayotgan jismoniy va yuridik shaxslar oʻzlariga tegishli boʻlgan masalalar yuzasidan zarur ma’lumotlarni olish uchun murojaat qildilar va murojaatlarga mutaxassislar tomonidan keng qamrovli javoblar berib o‘tildi.
Axborot xizmati