2025-yilning yanvar-may oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 14 745,3 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning yanvar-may oylariga nisbatan
107,6 % ga yetdi.
Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 1 670,9 mlrd so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 89,4 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 13 074,4 mlrd so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,4 %), shundan, uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 572,8 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 112,4 %) tashkil etdi.
Axborot xizmati