Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar-iyun oylarida xorijga qiymati 4,4 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 14 ming tonna qovun eksport qilgan.
Qovun eksporti hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 8 ming tonnaga oshgan.
Oʻzbekiston 2025-yilning 6 oyida eng koʻp qovun yetkazib bergan davlatlar:
— Rossiya – 5,6 ming tonna
— Qozogʻiston – 4 ming tonna
— Qirgʻiz R. – 3 ming tonna
— Latviya – 603 tonna
— Ukraina – 515 tonna
— Germaniya – 254 tonna
— Belarus – 249 tonna
— Litva – 153 tonna
— Boshqa davlatlar – 84 tonna
Axborot xizmati