Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 36,2 trln so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkichning jami bajarilgan qurilish ishlari hajmidagi ulushi 22,2 % ni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,7 % ga oshgan.
Ularning hududlar kesimidagi hajmi quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Resp. – 467,2 mlrd so‘m
Andijon viloyati – 667,1 mlrd so‘m
Buxoro viloyati – 1 140 mlrd so‘m
Jizzax viloyati – 525,3 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati – 2 367,2 mlrd so‘m
Navoiy viloyati – 1 391,7 mlrd so‘m
Namangan viloyati – 565,7 mlrd so‘m
Samarqand viloyati – 1 033 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati – 762,2 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati – 567,5 mlrd so‘m
Toshkent viloyati – 3 050,1 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati – 1 461,1 mlrd so‘m
Xorazm viloyati – 615,6 mlrd so‘m
Toshkent shahri – 14 583,8 mlrd so‘m
Axborot xizmati