Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida qariyb 2 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Polshaga safar qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 ming nafarga yoki 2,2 barobarga oshgan.
Joriy yilning 7 oyida Polshaga borgan Oʻzbekiston fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:
sayohat – 1 643 nafar;
qarindoshlarni yoʻqlash – 240 nafar;
oʻqish – 64 nafar;
xizmat yuzasidan – 22 nafar;
davolanish – 8 nafar.
Axborot xizmati