05/11/2025

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda amaliy ishlar boshlab yuborildi.

    2025-yilning 5-noyabr kuni Samarqand viloyati shtabida o‘tkazilgan yig‘ilishda Milliy statistika qo‘mitasi raisi B. Hamroyev, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sh. Buranov O‘zbekiston mahallar uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i, I. Jabborov, Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Abdiyev hamda shtab ishchi guruh a’zolari ishtirok etishdi.

    Farmon ijrosi doirasida viloyat va tuman(shahar)larda tashkil etilgan shtablarning asosiy vazifalari, amalga oshiriladigan ishlar va chora-tadbirlar belgilab olindi.

    Uchrashuvda ro‘yxatga olish jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va mas’ullarga aniq vazifalar yuklatish masalalari muhokama qilindi.

    Shuningdek, ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish uchun tegishli moddiy texnik baza bilan ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.                                  

    Bundan tashqari, mahalla yettiligi tomonidan aholi xatlovini amalga oshirish jarayonlarida tushunmovchiliklar kelib chiqishini oldini olish maqsadida qayta o‘qitish vazifalari belgilab olindi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech