Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida jami 10,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,5 mln nafarga yoki 47,4 % ga oshgan.
Turistlar soni bo‘yicha TOP-10 davlatlar:
Qirg‘iz Respublikasi – 3 mln nafar;
Qozog‘iston – 2,5 mln nafar;
Tojikiston – 2,5 mln nafar;
Rossiya – 923,8 ming nafar;
Afg‘oniston – 429,4 ming nafar;
Turkmaniston – 341,4 ming nafar;
Xitoy – 250,5 ming nafar;
Turkiya – 161,9 ming nafar;
Hindiston – 73,4 ming nafar;
Koreya Respublikasi – 44,1 ming nafar.

Axborot xizmati



