Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistondan xorijga qiymati 1,9 mlrd AQSH dollariga teng bo‘lgan 2 mln tonna meva-sabzavotlar eksport qilgan.
Eksport qiymati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36,8 foizga oshib, jami eksportdagi ulushi 6,3 % ni tashkil etdi.
Ularning tarkibi quyidagicha:
meva va rezavorlar – 580,9 ming tonna;
sabzavotlar – 553 ming tonna;
tarvuz-qovun – 232,9 ming tonna;
yeryong‘oq va yong‘oqlar – 25,8 ming tonna;
mosh – 129,6 ming tonna;
boshqalar – 500 ming tonna.

Axborot xizmati



