O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida ZOOM platformasi orqali seminar tashkil etildi.

Seminar davomida mas’ul xodim tomonidan census.stat.uz portalida ro‘yxatdan o‘tish, o‘zi va oila a’zolari haqidagi ma’lumotlarni kiritish hamda yakunda sertifikatni shakllantirish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Seminar Farmon talablarini o‘z vaqtida va sifatli ijro etishga qaratildi.

Axborot xizmati



