Bugun, 9-fevral kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi katta zalida boshqarma xodimlari ishtirokida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan katta adabiy, badiiy, ijodiy hamda ma’naviy-ma’rifiy kecha tashkil etildi.

Mazkur tadbir Alisher Navoiyning boy adabiy merosi, uning o‘zbek adabiyoti va milliy ma’naviyatimiz taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi. Kecha davomida shoirning g‘azal va ruboiylari o‘qildi shungdek Navoiy asarlarida ilgari surilgan ezgulik, insonparvarlik va komil inson g‘oyalari keng yoritildi.
Tadbir ishtirokchilari buyuk mutafakkir ijodi yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, bunday tadbirlar xodimlarning ma’naviy dunyoqarashini yanada boyitishini alohida ta’kidladilar.

Axborot xizmati



