2025-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 28 625,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi yoki sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmining 49,6 % ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2024-yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan 97,8 % ni tashkil qildi. Hududlar kesimida kichik tadbirkorlikning jami sanoat mahsulotlaridagi eng yuqori ulushi Bulung‘ur tumani (99,3,%), Oqdaryo tumani (96,3,%), Payariq tumani (96,6 %), Qo‘shrabot tumani (95,6,%) va Urgut tumani (84,1 %) hissasiga to‘g‘ri keldi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat ishlab chiqarishi hajmi va jami sanoat ishlab chiqarish hajmidagi ulushi dinamikasi

Axborot xizmati



