10/07/2026

    Davlat fuqarolik xizmatchilarining siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini chuqur anglash hamda yurtimiz va jahon miqyosida yuz berayotgan muhim siyosiy-ijtimoiy voqea-hodisalar to‘g‘risida muntazam xabardorligini ta’minlash maqsadida har haftaning juma kunlari "Siyosiy-ma’rifat soati" onlayn o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etib kelinmoqda.

    Navbatdagi o‘quv mashg‘ulotida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etdilar. Mashg‘ulot davomida O‘zbekiston va xorijda ro‘y berayotgan muhim siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarga oid dolzarb ma’lumotlar, siyosiy dayjest hamda ma’naviy-ma’rifiy videolavhalar namoyish etildi.

    Shuningdek, mashg‘ulotda davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari, jamiyatda yuksak ma’naviyat va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

    Bunday o‘quv mashg‘ulotlari davlat fuqarolik xizmatchilarining siyosiy tafakkurini, huquqiy madaniyatini hamda kasbiy salohiyatini yanada yuksaltirish, ularning Vatanga sadoqat, yurt taqdiri va xalq manfaatlariga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech