Bugun mamlakatimiz hayotidagi muhim sanalardan biri – 2-iyul, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun.
Davlat gerbi – Vatanimiz mustaqilligi, suvereniteti, milliy qadriyatlari va xalqimizning ezgu orzu-intilishlarini oʻzida mujassam etgan muqaddas davlat ramzidir. Unda xalqimizning tinchliksevarligi, mehnatsevarligi, farovon hayot sari intilishi hamda tabiiy boyliklari va tarixiy merosi o‘z ifodasini topgan.
Ushbu sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz. Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz ravnaqi yoʻlidagi ezgu ishlar bardavom bo‘lsin.
2-iyul – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kuni muborak boʻlsin!

Axborot xizmati



