03/07/2026

    Davlat fuqarolik xizmatchilarini mamlakatimiz va jahon miqyosida ro‘y berayotgan muhim siyosiy-ijtimoiy voqea-hodisalar bilan muntazam tanishtirib borish maqsadida har haftaning juma kunlari "Siyosiy-ma’rifat soati" onlayn o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etib kelinmoqda.

    Navbatdagi o‘quv mashg‘ulotida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari faol ishtirok etdilar. Mashg‘ulot davomida O‘zbekiston va xorijda sodir bo‘layotgan muhim voqea-hodisalar yuzasidan tayyorlangan dayjest hamda ma’naviy-ma’rifiy videolavhalar bilan tanishib, dolzarb mavzular bo‘yicha o‘z bilim va dunyoqarashlarini yanada boyitdilar.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech