18/09/2026

    Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbirini sifatli va samarali tashkil etish maqsadida mahalla hokim yordamchilari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
    Unda ishtirokchilarga PF-190-sonli Prezident farmonida belgilangan “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbirining maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish tartibi hamda jarayonda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar tushuntirilmoqda.


Seminar jarayonida:
🔹 Kattaqo‘rg‘on shahri hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini to‘liq qamrab olish;
🔹 mavjud tadbirkorlik faoliyati haqida aniq va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish;
🔹 tadbirkorlik subyektlariga o‘z faoliyatini qonuniylashtirish va rivojlantirish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish;
🔹 so‘rovnomalarni belgilangan talablar asosida to‘g‘ri va xolis to‘ldirish;
🔹 tadbirkorlar bilan muloqot jarayonida ochiqlik, xushmuomalalik va shaffoflik tamoyillariga rioya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
    Mazkur o‘quv seminari “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbiri jarayonida mas’ul xodimlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish va ma’lumotlarning sifatli shakllantirilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
    Aniq ma’lumot — to‘g‘ri qaror, to‘g‘ri qaror — hudud taraqqiyoti!
    “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbirida faol ishtirok eting!

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech